Yillik oʻrtacha harorat
Yillik oʻrtacha harorat oʻn ikki oylik oʻrtacha harorat sifatida hisoblanadi.
Antropogen
Lotin tilidan olingan boʻlib "inson tomonidan yaratilgan" degan maʻnoni anglatadi.
Qurgʻoqchilik
Lotin tilidan olingan boʻlib "quruq" degan maʻnoni anglatadi.
Atmosfera
Yunoncha "atmos" bugʻ va "sphaira" - qobiq degan maʻnoni anglatadi. U Yer sharini oʻrab turgan gazlar qatlamlarini tasvirlaydi.
Biosfera
Yunoncha "bíos" hayot, "sphaira" esa qobiq degan maʻnoni anglatadi. U tirik organizmlar yashaydigan qatlamni tasvirlaydi.
Iqlim
Iqlim -meteorologik parametrlarning maʻlum bir joy uchun uzoq vaqt davomidagi xarakterini ifodalaydi. Odatda 30 yillik oʻlchovni oʻz ichiga oladi.
Iqlim modeli
Muayyan shaklda atmosfera, okean, quruqlik yuzasi, muz komponentlarini oʻz ichiga olgan Yerning iqlim tizimini matematik tenglamalar asosidagi kompyuter simulyatsiyasidir.
Bulutlilik darajasi
Bulutlilik darajasi maʻlum bir vaqt ichida osmonda mavjud bulutning oʻlchovidir. Bahoalsh 0/8 (bulutsiz) dan 8/8 (bulutli) gacha. Ob-havo prognozi odatda quyidagi tavsiflarni beradi: 0/8 - bulutsiz, 1-2/8 - ochiq, 3/8 - biroz bulutli, 4-6/8 - bulutli, 7/8 - kuchli bulutli, 8/8 - bulutli.
Qishloq hoʻjaligi ishlab chiarishi
Hosildorlik azot va boshqa muhim ozuqa moddalari, fotosintez va sugʻorish orqali taʻminlanadi.
Kriosfera
Yunoncha "cryos" - sovuq va "sphaira" - qobiq degan maʻnoni anglatadi. Yer yuzasining qor va muz bilan qoplangan qatlamini tasvirlaydi.
Dekada
Dekada - bu oʻn yillik davr.
Suv sarfi
Suv sarfi - maʻlum vaqt ichida biror suv manbaidan suvning boshqa manbaga chiqishi miqdorini tasvirlaydi.
Qurgʻoqchilik
Qurgʻoqchilikni tabiiy iqlim siklida uzoq davom etadigan quruq davr deb taʻriflash mumkin.
Qurgʻoqchilik indeksi
Qurgʻoqchilik indeksi yogʻingarchilik va haroratni mutanosib ravishda belgilaydigan koʻrsatkichdir. Yogʻingarchilik qancha kam boʻlsa, shunchalik qurgʻoqchilik boʻladi.
Ansambl
Fransuzcha "ansambl" birgalikda maʻnosini anglatadi. Ansambl - bu guruh.
Bugʻlanish
Suyuq yoki qattiq jismning gazsimon holatga oʻtishini ifodalovchi kondensatsiyaga qarama-qarshi boʻlgan fizik jarayon.
Evapotranspiratsiya
Meteorologiya sohasida bu oʻsimliklarning transpiratsiyasi va yer yuzasidan, ochiq suv havzalaridan boʻladigan bugʻlanishning yigʻindisidir.
Toshqin
Toshqin - bu kuchli yogʻingarchilik kabi ekstremal ob-havo hodisalari tufayli yuzaga kelgan, suvning normal chegaralardan koʻp miqdorda oshib ketishi natijasida yuzaga keladigan jarayon.
Prognoz
Iqlimshunoslikda prognoz qilish uchun koʻp yillar davomida toʻplangan ob-havo statistikasining oʻrtacha qiymatlari hisoblanadi. Iqlim oʻzgarishi kunlik meteorologik hodisalar (qisqa muddatli prognozlar), oylar (mavsumiy prognozlar) va yillar (uzoq muddatli prognozlar)prognozlari doirasida maʻlumot berishi mumkin.
Global radiatsiya
Global radiatsiya - bu fazodan toʻgʻridan-toʻgʻri yer yuziga tushayotgan quyosh radiatsiyasi.
Issiqxona gazlari kontsentratsiyasi
Issiqxona taʻsirini yuzaga keltiradigan, iqlimga taʻsir qiluvchi gazlarning (masalan, karbonat angidrid (CO2), metan (CH4), suv bugʻlari (H2O)) kontsentratsiyasi.
Yer osti suvlarining toʻyinishi
Yer osti suvlarining infiltratsiya jarayoni orqali yer ostiga shimilgan suvlar hisobiga toʻyinishini tavsiflaydi. Suv balansi tenglamasidan kelib chiqqan holda, yer osti suvlarining toʻldirilishi yogʻingarchilik, yer usti oqimi, bugʻlanish oqimi, oraliq oqim va toʻplangan suv havzalaridan bugʻlanish miqdorlari ayirmasiga teng.
Yer osti suvlari oqimi
Yer osti suvlari oqimi yogʻingarchilikning tuproqdan yer ostiga shimilib, yer osti suvlariga yetib boradigan qismini tavsiflaydi. Keyin u yer osti suvlari sathining eng katta qiyaligidan oqib chiqadi.
Kuchli yomgʻir
Kuchli yomgʻir vaqt birligida yogʻingarchilikning yuqori miqdorini tavsiflaydi. Bu asosan konvektiv bulutlar (masalan, Cumulonimbus bulutlari) orqali sodir boʻladi.
Gidrologik model
Maʻlum bir suv havzasini matematik tenglamalar shaklida, shu jumladan gidrologik komponentlar asosida kompyuterda simulyatsiyalangan gidrologik tizimi.
Gidrologiya
Gidrologiya – Yer va boshqa sayyoralarda suvning harakati, tarqalishi va sifatini oʻrganadigan fan.
Gidrosfera
Yunoncha "hýdor" - suv va "sphaira" - qobiq. U yerdagi gaz, suyuq yoki qattiq holatdagi suvning umumiy miqdorini tavsiflaydi.
Muz-albedo haqida
Bu Albedo effekti ham deyiladi. U global iqlim va kriosferaning (yerning qor va muz qoplami) oʻzaro bogʻliqligini tavsiflaydi. Qor va muz quyosh nurlarining 90% ini qaytaradi. Shuning uchun, ular yuqori albedoga ega (qaytgan nur koeffitsiyenti) va quyosh nurlanishini qisman ushlab qoladi. Bundan farqli oʻlaroq, suv va tuproq quyosh nurlarining 80-90% ni oʻzida yutadiu va buning natijasida isish yuzaga keladi va bu oʻz navbatida muz va qor qoplamlarining davomli erishiga olib keladi. Ansincha sovuq boshlanishi muz va qor qopamining keng tarqalishiga va buning natijasida sovushning kuchayishiga olib keladi.
Koʻrsatkich (Indikator)
Koʻrsatkich - bu muayyan rivojlanish yoki holatning statistik foydali belgisi boʻlib xizmat qiladigan xususiyat
Infiltratsiya
Suvning quruqlik yuzasidan tuproq-grunt orqali pastga siljishi jarayoni.
Interpolyatsiya
Interpolatsiya – maʻlum maʻlumotlar nuqtalarining diskret toʻplami doirasida yangi maʻlumotlar nuqtalarini qurish usuli, shuningdek qoʻllab-quvvatlovchi nuqtalar deb ataladi. Interpolatsiya natijalari dastlabki maʻlumotlarni silliqlash bilan yaxshilanadi. Interpolyatsiya usuli koʻpincha oʻzgaruvchilardagi boʻshliqlarni toʻldirish va maydon maʻlumotlarni yaratish uchun vaqt va fazoviy maʻlumotlarga nisbatan qoʻllaniladi. Manba:
http://www.climate-service-center.de/imperia/md/content/csc/broschu__re_statistische_verfahren_final.pdf
IPCC
Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo komissiya.
Irrigatsiya
Irrigatsiya ekinlarni yetishtirish uchun suvni nazorat qilinadigan miqdorini bildiradi.
Litosfera
Litosfera Yerning tosh qobigʻi va yuqori mantiyaning tashqi qatlamidir.
Uzun toʻlqinli radiatsiya
Yerdan qaytadigan radiatsiya uzun toʻlqinli radiatsiya deb ataladi.
Parametr
Koʻrib chiqilayotgan muammoning maqsadlari uchun qiymatlar tayinlanishi mumkin boʻlgan miqdorlar.
Foiz
Foiz 0 dan 100 gacha boʻlgan shkaladagi qiymat boʻlib, u past yoki teng qiymatlar foizini koʻrsatadi. Persentil koʻpincha taqsimotning ekstremal qiymatlarini baholash uchun ishlatiladi.
PIK
Potsdam iqlim tadqiqotlari instituti (Potsdam-Institut für Klimafolgenforschung)
Yogʻingarchilik
Yogʻingarchilik - bu atmosferada paydo boʻladigan va yer yuzasiga tushadigan barcha suyuq yoki qattiq suv.
Proyeksiyalar
Iqlimiy proyeksiyalar Yerning kelajakdagi iqlimini mazkur asr oxiriga qadar atmosfera issiqxona gazlari kontsentratsiyasining turli stsenariylari asosida simulyatsiyasini aks ettiradi.
Radiatsion taʻsir
Radiatsion taʻsir, masalan, CO2 emissiyalarining Yerning issiqlik balansiga taʻsirini tavsiflaydi.
RCP ssenariylari
Ilmiy hamjamiyat tomonidan IPCCning Beshinchi Baholash Hisobotida Representativ Konsentratsiya Yoʻllari (RCP - Representative Concentration Pathways) ishlab chiqilgan boʻlib, u kelajakda insoniyat tomonidan atmosferaga chiqarilishi kutilayotgan issiqxona gazlari evolyutsiyasini bildiradi. RCPlar tegishli energiyaga bogʻliq, iqtisodiy, iqlimiy, yerdan foydalanish modellari (Integratsiyalashgan baholash modellari deb ataladi) bilan ishlab chiqilgan. Ushbu modellar antropogen issiqxona gazlarini keltirib chiqaradigan barcha omillarni oʻz ichiga oladi va ularni kelajakdagi emissiyalarning izchil stsenariylariga va ular bilan bogʻliq radiatsiyaviy taʻsirga aylantiradi. Hammasi boʻlib toʻrt xil yoʻl mavjud boʻlib, ulardan uchtasi 2100 yilda 8,5 Vt/m² (juda baland), 6 Vt/m² (yuqori) va 4,5 Vt/m² (oʻrta) antropogen radiatsiyaviy taʻsir bilan tavsiflanadi. Toʻrtinchi yoʻlda, nisbatan past antropogen radiatsiyaviy taʻsir boʻlib, u 2100 yilgacha maksimal 2,6 Vt/m² ga etadi va undan keyin yana pasayadi.
Qisqa toʻlqinli radiatsiya
Qisqa toʻlqin uzunligi bilan kiruvchi quyosh radiatsiyasi qisqa toʻlqinli radiatsiya deb ataladi.
Simulyatsiya
Model yordamida dinamik jarayonni imitatsiya qilish (oʻrganish) simulyatsiya deyiladi. Simulyatsiyaning maqsadi iloji boricha real stsenariylarni olishdir.
Tuproq eroziyasi
Tuproq eroziyasi tuproqning suv va shamol tomonidan olib yemirilishini bildiradi.
Yuza oqim
Yuza oqim - yogʻingarchilikning toʻyingan yer yuzadan soylarga yoki boshqa ochiq oqimlarga yetib boradigan qismi.
Transpiratsiya
Transpiratsiya - bu oʻsimlik tarkibidagi suvning oʻsimlik gʻovakliklari orqali suv bugʻi holatida atmosferaga oʻtishi jarayonidir.
Trend
Trend - bu oʻzgaruvchilarning chiziqli boʻlmagan uzoq muddatli oʻzgarishidir. Iqlimshunoslik fanida tendentsiya ahamiyatlilik testi bilan koʻrsatilishi mumkin boʻlgan davriy oʻzgarishdir. Tabiiy iqlim oʻzgaruvchanligidan farq qiluvchi iqlim oʻzgarishi tendentsiyaga misol boʻla oladi. Trendni aniqlash uning sabablarini tushuntirishga imkon bermaydi. Manba: Statistische Verfahren in der Auswertung von Klimamodell- und Impaktmodelldate
Oʻsimliklar
Vegetatsiya maʻlum bir hududdagi barcha oʻsimliklar assotsiatsiyasini tavsiflaydi.
Suv balansi
Havzada suvning toʻplanishi, sarflanishi va zaxiradagi oʻzgarish oʻrtasidagi farqni ifodalovchi tenglama.
Ob-havo
Ob-havo - maʻlum bir joyda maʻlum bir vaqtda atmosferaning holati.
Ob-havo sharoiti
Ob-havo sharoiti bir necha kun va hafta davomida maʻlum bir joyda ob-havoni tasvirlaydi. Oʻlchovlar paytida yogʻingarchilik, harorat, shamol va namlik hisobga olinadi.
Hosil
Qishloq xoʻjaligida hosil maydon birligidan olingan hosil miqdori sifatida tavsiflanadi.